Zarur masalliqlar: 2-2,5 stakan uvalanuvchi pechene urvog'i, 100 gr. sariyog', 3 osh qoshiq shakar. Ichiga: 100 gr. sariyog', yarim stakan qo'ng'ir shakar, bir banka quyiltirilgan sut, 2 stakan qaymoq, 3 osh qoshiq qand upasi, vanilin, 4 dona banan.
Tayyorlanishi:
1. Pechene urvog'iga xona haroratida erigan sariyog' va shakar qo'shib aralashtiring-da, pishiriq qolipiga solib, tekislang. 180 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 8-10 daqiqa pishiring.
2. Nachinkasini tayyorlash uchun sirli idishga sariyog', qo'ng'ir shakar va vanilin solib, olovga qo'ying. Qaynab chiqqach, quyiltirilgan sut qo'shib, rangi to'qlashguncha 5-6 daqiqa qaynating.
3. Nachinka tayyor bo'lgach, pishgan korjning ustidan quyib, 1 soat muzlatkichda saqlang.
4. Alohida idishda qaymoq va qand upasini ko'pirtirib, halqa shaklida to'g'ralgan banan bilan aralashtiring. Qaymoqli kremni nachinkasi qotgan korj ustidan asta quyib, yana 1 soat muzlatkichda saqlang. Shirinlikni dasturxonga tortishdan avval ustini qirg'ichdan chiqarilgan shokolad bilan bezating.
Tayyorlanish vaqti: 2 soat