Zarur masalliqlar (12-15 dona uchun): xamiriga: 100 gr. margarin, 2-3 stakan un, 2 dona tuxum sarig'i, 2 osh qoshiq smetana; karamelniy kremiga: 1,5 banka quyiltirilgan sut (sguщyonka), 1 osh qoshiq sariyog'; shokoladli kremiga: 1,5 ta shokolad, 1 stakan yong'oq.
Tayyorlanishi:
1. Margarin va unni aralashtiring. Tuxum sarig'i va smetana qo'shib, xamir tayyorlang. Xamirni qo'lingiz bilan uvadalang. Keyin to'rtburchak qolipga pergament qog'oz yoyib, uvadalangan xamirni bir tekis qilib soling. Qo'lingiz bilan xamir ustidan bosib chiqing. Yarim soat muzlatkichga qo'ying. Keyin 180 darajada qizdirilgan gaz pechida to tilla rangga kirguncha tursin.
2. Quyiltirilgan sutga sariyog'ni solib, aralashtirib turgan holda qaynating. Keyin karamelni pishgan korj ustiga issiqligida surting.
3. Shokoladni suv bug'ida eritib, karamel ustidan surting. Shirinlik yuziga maydalangan yong'oq sepib, 40 daqiqaga muzlatkichga qo'ying. Dasturxonga bo'laklarga bo'lib torting.
Tayyorlanish vaqti: 2 soat.