Zarur masalliqlar (10 kishilik): xamiriga: 100 gr. shakar, 75 gr. un, 50 gr. kakao, 5 dona tuxum, 1 choy qoshiq yumshatgich, ozgina sariyog'; ichiga solishga: 250 ml. qaymoq, 200 grammdan olcha murabbosi va shokolad, 150 gr. sariyog', 50 gr. shakar.
Tayyorlanishi:
1. Gaz patnisiga pergament qog'oz yoyib, sariyog' surting. Ustidan ozgina kakao seping. Tuxumni ko'pirtirib, shakar qo'shing-da, yana ko'pirtirishda davom eting. Keyin un, yumshatgich va kakao qo'shing.
2. Xamirni patnisga solib, tekislang. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo'yib oling. Sochiq ustiga pergament qog'oz yoyib, shakar seping-da, korjni qo'ying. Keyin rulet shaklida o'rab, qog'ozini olib tashlang.
3. Ruletni oching. Qaymoqni ko'pirtirib, o'rtasiga soling. Olcha murabbosini ham solib, ruletni qaytadan o'rang. Sariyog' va shokoladni eritib, shakar qo'shing. Keyin rulet yuziga surting. 1 soat muzlatkichda tursin.
Tayyorlanishi: 50 daqiqa.