Zarur masalliqlar: 100 grammdan sariyog' va shakar, 3 dona tuxum, 200 grammdan smetana va un, 3 osh qoshiq kakao kukuni, 2 choy qoshiq yumshatgich (razrxlitel); krem uchun: 100 gr. sariyog', 150 gr. shakar, 100 ml smetana, yarim choy qoshiq vanilin.
Tayyorlanishi:
1. Xona haroratida eritilgan sariyog'ga shakar va tuxumni qo'shib, aralashtiring. Smetana va kakao kukuni qo'shib, aralashtirishni davom eting. Yumshatgichni un bilan aralashtirib, asosiy masalliqqa qo'shing-da, quyuqroq xamir tayyorlang.
2. Pishiriq qolipchalariga o'simlik yog'idan surtib, xamirdan qo'ying. Keks 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishiriladi.
3. Krem tayyorlash uchun sariyog'ni eritib, shakar, smetana va vanilin bilan aralashtiring. Quyuqroq ko'rinishga kelishi uchun 15-20 daqiqaga muzlatgichga quying.
4. Pishgan kekslarni sovutib, ustini krem bilan bezating. Dasturxonga achchiq damlangan qaіva bilan birga tortish mumkin.
Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa.
Manba:sugdiyona.uz