Zarur masalliqlar:
1 st. suv, yarim st. o'simlik yog'i, 3 dona tuxum, 1 st. smetana, 100 gr. shakar, 3-4 osh qoshiq kakao kukuni, 450 gr. qora shokolad, muzlatilgan olcha mevasi.
Tayyorlash :
1). Suvga tuxum, shakar va o'simlik yog'idan solib, engil ko'pirtiring. Kakao hamda un qo'shib, yumshoq xamir yooring. Tayyor masalliqni pishiriq qog'ozi solingan patnisga yoyib, qizdirilgan gaz pechida pishirib olasiz.
2). Shirinlik korji tayyor bo'lgach, biroz sovuting. So'ng qo'lda maydalab, smetana bilan aralashtiring. Masalliqdan yong'oq kattaligida dumaloq zuvala yasab, har birining orasiga muzlatilgan mevadan qo'ying.
3). Shokoladni bug'li vannada eritib, dumaloqlangan shirinlik ustidan quyib chiqing.
Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa.
Manba:sugdiyona.uz