Masalliqlar:
Saryog’ – 400g
Un – 2 stakan
Shakar – 0,5 stakan
Quyuqlantirilgan sut – 2 banka
Sutli shokolad – 300g
Tayyorlash:
1. Saryog’ni kubik shaklda kesamiz (3 ta kubikni karamel uchun olib qo’yamiz), un, shakar, yarim choy qoshiq tuz solib hammasini blendr yordamida aralashtiramiz.
2. Hosil bo’lgan qorishmani qolipga solib, yaxshilab to’ldirib, ustini tekkislaymiz. 180 daraja issiqlikdagi pechga 20 daqiqaga qo’yamiz.
3. Tovada karamel tayyorlaymiz. Buning uchun 3 kubik saryog’ga ikki banka quyuqlashtirilgan sutni qo’shamiz. Karamel holiga kelguncha aralashtirib turamiz.
4. 20 daqiqada karamelimiz quyuq holga kelib tayyor bo’ladi.
5. Qolipda tayyor bo’lgan va sovitilgan pishirig’imiz ustiga karamelni quyib, ustini tekkislab chiqamiz.
6. Shokoladni mikro to’lqinli pechda yoki issiq suvli idishda eritib olamiz. Bu eritmani karamel ustiga quyib, uni tekislab, muzlatkichga shokolad qotgunicha qo’yamiz.
7. Muzlatkichdan olamiz…kesamiz…va lazzatlanamiz!