Tibet ruhoniylarining asrlar davomida hech kimga oshkor qilib kelmagan tetiklashtiruvchi va sog’lomlashtiruvchi mashqlari mavjud. Ana shu mashqlarni bugun Gooper.uz‘da sizga taqdim etamiz. Marhamat!
1. Uyg’onganingizda besh daqiqa yopiq ko’zlar bilan yoting. Qo’llaringizni qaynoq holga kelguncha bir-biriga ishqalang, so’ng shu qo’llaringiz bilan quloqlaringizni uqalang (quloq-organizmingizni boshqaruvchi pult hisoblanadi): ko’rsatkich, kata va o’rta barmoqlarni birlashtirib quloqdan tepadan pastga 30 marotaba yurgazing (katta barmoq bunda quloq ortida bo’lsin).
2. O’ng kaftingizni peshonaga qo’ying (qo’l qoshdan tepada), chap kaftingiz o’ngni ustida, qoshlar orasidagi uchinchi nuqtaga diqqatni qaratib, o’ndan chapga 30 marotaba yurgazing. (Bu bosh og’rig’ida yaxshi foyda beradi).
3. Qo’llarni musht holiga keltiring, katta barmoq suyagi bilan 15 marotaba yopiq ko’zlarni burundan quloq tomon uqalang. Bu mashq ko’rish qobiliyati va boshdagi qon aylanishini yaxshilaydi.
4. Qalqonsimon bez qismiga o’ng kaftni qo’yib, chap kaftni tomoqdan pastga kindikka qarab 30 marotaba yurgazamiz.
5. Yotgan holda qorinni imkon darajasida 30 marotaba ishirib bo’shatamiz. Bunda nafas olish ixtiyoriy bo’ladi. Bu mashq oshqozon tizimiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
6. Chalqancha yotib, nafas olishda chap tizzani ko’krak qismiga 15 marta ko’taramiz. Shu mashqni chap tizza bilan ham qaytaramiz.
7. O’ng qo’lni kirnakka qo’yib, qorin bo’ylab soat strelkasi bo’yicha 30 marotaba qo’lni bosib yurgaziladi.
8. Oyoqlar uzatilgan holda, qo’llar ensada, nafas olishda oyoqlarni ko’taring, nafas chiqarishda-tushuring. Buni 10 marta takrorlang. Bu mashq umurtqa pog’onasiga, ovqat hazmiga va erkaklik hususiyatini oshirishga yordam beradi.
9. Krovatni burchagiga o’tiring, ko’zlar ochiq, chap oyog’ngizni o’ng tizzangizga qo’yilgan, barmoqlarning suyaklari bilan tovonlarni 30 marta ishqalang. Xuddi shuni o’ng oyoq bilan ham takrorlang. Bu barcha organlar ishini yaxshilaydi.
10. O’tirib, ensaga o’ng kaftni qo’yamiz, chapini ustuga qo’yib bosib, o’ng va chapga 15 marotaba yurgazamiz. Mashqlar nihoyasida yarim stakan xona temperaturasidagi suvni ichish tavsiya etiladi.
Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus