Masalliqlar:
· Pechen’e 200 gr.,
· Shakar 20 gr.,
· kakao 2 osh.q.,
· suv 100 ml.
· kokos qipig’I 80 gr.,
· saryog’ 80 gr .,
· shaker pudrasi 60 gr.
Tayyorlash:
1. Pechen’eni maydalab, unga kakao qo’shib aralashtiriladi. Issiq suvga shakarni solib, aralashtirib, asta — sekin pechen’eli qorishmaga solganda egiluvchan aralashma hosil bo’ladi.
2. Saryog’ga shakar pudrasi va kokos qipig’ini solib yaxshilib aralashtiriladi. Oziq – ovqat qog’ozining ustiga pechen’eli aralashmani yoyib, ustiga kokos kremini bir tekisda qo’yiladi. Ruletni o’raladi. Muzlatgichga 1 soatga qo’yiladi.
3. O’tkir pichoqda bo’laklarga bo’lib dasturxonga uzatamiz.