Meksika shifokorlari oxirgi sakkiz oy davomida mamlakatning 419 nafar fuqarosiga Zika bezgagi tashxisini qo‘ydi. Bu haqda, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy haftada e’lon qilingan byulletenga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Rasmiylarning qayd etishicha, 122 million fuqaroga ega mamlakatda virus bilan kasallanganlarning umumiy soni bundan ko‘proq bo‘lishi mumkin, biroq ularning hammasi ham turli sabablar tufayli tibbiy yordam uchun murojaat qilmaydi.
Kasallanganlardan 135 nafari homilador ayol bo‘lib, Zika virusi ular uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ulardan 20 nafarga yaqini farzandini dunyoga keltirgan, bolalarning rivojlanishida biror bir jiddiy buzilish aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, ularning barchasi ikki yoshga kirgunga qadar mutaxassislarning kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Manba