Facebook
Twitter tweet

OAVlar reytinglarini tuzadigan “Medialogiya” tahlil kompaniyasi so‘nggi yil ichida nashrlarda mem-iboralar necha marta tilga olinganini hisoblab chiqdi, deb yozadi TJournal.

Bunda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning “Pul yo‘q, ammo siz sabr qiling” — degan gapi yetakchilik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qrimda pensionerlar bilan uchrashuvda Dmitriy Medvedev nima uchun ularga pensiya indeksatsiya qilinmayotganini tushuntirib berayotib, pul yo‘qligini va biroz sabr qilish kerakligini aytgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda bosh vazirning pensionerlar bilan muloqot uslubi kulgiga olindi, turli hazillarga sabab bo‘ldi, shuningdek, bunday uslubni boshqa sohalarda ham qo‘llash taklif qilindi.

Ma’lumot uchun, mem (yoki Internet-mem) — Internetda turli yo‘llar bilan tarqalib, o‘z-o‘zidan ommalashib ketgan, odatda o‘tkir va istehzoli mazmunga ega, u yoki bu shakldagi axborot.

Manba

ULASHISH
Facebook
Twitter