Makkajo‘xorini 10 daqiqada qaynatib pishirish siri

Facebook
Twitter tweet

“Womanhappiness.ru” makkajo‘xori yumshoq bo‘lib pishishi uchun uni tuzli suvda soatlab qaynatish shart emasligini ma’lum qildi. Jo‘xori qisqa vaqtda mazali va sersuv bo‘lib pishib chiqishi uchun, uni tayyorlashda ikkita oddiy masalliqni qo‘shish kifoya ekan.

1-61-680x468

Avvalo, makkajo‘xori tanlashda uning qandli turiga mansub bo‘lgan va sut olgan (dumbil)larini tanlang.

Zarur masalliqlar:

  • 5 ta makkajo‘xori so‘tasi
  • suv
  • 1 stakan sut
  • 50 gramm saryog‘

Tayyorlanishi:

So‘talarni qoq o‘rtasidan bo‘lib, idishga soling. Ularni yopib turadigan darajada suv quying va olovga qo‘ying.

Suv qaynab chiqqach, sut va saryog‘ni qo‘shib yuboring.

2-59-680x330

Yana suv qaynashini kuting, shundan so‘ng uni o‘n daqiqaga qoldiring.

Qaynatilgan makkajo‘xorini ustiga tuz sepgan holda torting, shuningdek, unga limon sharbati quyib iste’mol qilinsa ham, mazali bo‘ladi.

3-55-680x364

Manba
ULASHISH
Facebook
Twitter