Shanxay hamkorlik tashkilotiga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi bilan tashkilotga a’zo mamlakatlarning umumiy aholisi taxminan ikki baravarga o‘sib, 3 milliard kishi atrofida bo‘ladi. Bu haqda, Rossiya Federatsiyasi prezidentining ShHTdagi maxsus vakili Baxtiyor Hakimovning bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Hindiston va Pokistonning mintaqadagi o‘rnini inobatga olsak, biz nafaqat terrorchilikka qarshi kurash va xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi imkoniyatlar kengayishini, balki iqtisodiyot, gumanitar aloqalar sohalarida ham ulkan siljishlar bo‘lishini ko‘ra bilmoqdamiz”, — deb ta’kidladi u.
Bundan tashqari, Hakimov Hindiston va Pokiston bilan birga ShHTga a’zo davlatlar yalpi ichki mahsuloti hajmi ham qariyb ikki baravarga o‘sib, 20 trillion dollarga yetishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokistonning tashkilotga qo‘shilish jarayoni ShHTning Toshkent sammitida boshlanadi.
Manba