Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli Dilbar yaxtasi Lurssen kemasozlik korxonasi tomonidan yalpi sig‘imi jihatidan shu turdagi eng katta transport vositasi deb topildi. Bu haqda, Yacht Harbour portaliga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
15 917 tonnalik suv transporti bu ko‘rsatkich bo‘yicha ilgarigi rekordchi — Ummon sultoniga qarashli 15 850 tonnalik Al Said yaxtasidan o‘zib ketdi.
Dilbar 156 metr uzunlikka, 3800 kvadrat metr yashash maydoniga ega. Uning tezligi 22,5 uzelgacha chiqadi. Yaxta balandligi — 23 metr.
Loyiha qiymati oshkor qilinmayapti. Eskpertlar uni 600 million dollarga baholamoqda.
Manba