Masalliqlar:
500g – tvorog
300g – Smetana
Tabiga qarab shakar
30g – jelatin (tez eruvchan)
Fasliy mevalar (bu desertda qulupnay va banandan foydalanamiz)
+forma (taxminan 26 sm)
Tayyorlanishi
1. Tvorogga shakar qo’shib aralashtiriladi (1,5 choy qoshiq shakar)
2. Smetanaga shakar qo’shib aralashtiriladi (1,5 choy qoshiq shakar).
Mevalarni yuvib, formaning tagiga taxlanadi.
3. Jelatin tayyorlanadi (yo’riqnomadagi ko’rsatilgan yo’l bilan). Tvorog +Smetana qo’shilib aralashtiriladi. Quyuq massa hosil bo’ladi.
4. Bu quyuq massaga jelatin yupqa qatlam qilib quyuladi. Aralashtiriladi. Hosil bo’lgan aralashmani formadagi mevalar ustiga bir tekisda quyib chiqamiz.
5. Muzlatkichga joylaymiz (1-2 soatga).
6. Muzlatkichdan olgach bir tekisda kesib, mevalar bilan bezatamiz.