Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya Premyer-ligasida g‘olib bo‘lishiga ishonchi komil ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Angliya Premyer-ligasini yuta olganimda, ertasi kuniyoq futbolni tashlardim. Deyarli ertasiga… APL g‘olibi bo‘lishimga ishonaman. Ba’zi uchrashuvlarda omadimiz kelmadi, ammo biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Bir nimaga ishonsang, u albatta amalga oshadi”, – dedi 35 yoshli shvetsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibrahimovchi 2016-yilning yozida erkin agent sifatida “MYu” bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda shvetsiyalik hujumchi APLning 11 o‘yinida 6 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH