Football - Argentina v Portugal - International Friendly - Old Trafford, Manchester, England - 18/11/14 Portugal's Cristiano Ronaldo (L) and Argentina's Lionel Messi shake hands before the match Mandatory Credit: Action Images / Jason Cairnduff Livepic EDITORIAL USE ONLY.

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub yetakchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” hujumchisi Lionel Messini taqqoslash noto‘g‘ri ekanini aytdi. Fransiyalik mutaxassis har ikki futbolchi o‘ziga yarasha g‘ayrioddiy ekanini ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.

“Messi va Ronaldu? Ularning har biri o‘ziga yarasha g‘ayrioddiy futbolchi. Ularning maydondagi xatti-harakatlari muhokama qilinmasligi kerak. Mening ixtiyorimda Ronaldu bor va bunday futbolchi bilan ishlash imkoniyatidan xursandman”, – dedi Zidan.

Qayd etish joiz, Ronaldu va Messi o‘z mahoratini Ispaniya chempionati 14-turida, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko”da namoyish qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur uchrashuv 3-dekabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da start olishi rejalashtirilgan.

manba: Daryo.uz
ULASHISH