AQSh poytaxti Vashington shahrida yuzlab kishilar respublikachilar nomzodi Donald Trampning prezident sifatida saylanishiga qarshi norozilik namoyishi tashkil etishdi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligi xabar qilmoqda.

Agentlik muxbirining so’zlariga ko’ra, 500 kishiga yaqin olomon gazetalar sotish uchun o’rnatilgan qutilarni ag’darib, Oq uy tomon harakatlanishgan.

Bunga qadar, 200 kishilardan iborat namoyishchilar Donald Tramp kompaniyasi tomonidan Oq uy va Kapitoliy o’rtasida barpo etilgan Trump International mehmonxonasi oldida to’planishgan edi. Ular «AQSh Tramp, Ku-kluks-klan va fashistlarsiz», hamda «Tramp — mening prezidentim emas» kabi shiorlarni aytishgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH