Agar Rossiyada professional mazmundagi audiovizul xizmatlarda xorijiy mulkdorlar hissasini kamaytirish haqidagi qonun qabul qilinsa, Youtube xizmati mamlakatni tark etishi mumkin, — deb xabar beradi izvestia.ru.

OAV bu xabarni Mediakommunikatsiya kengashidagi manbaga asosan tarqatmoqda.

Bu xabar Youtube’da foydalanuvchilarning o‘zi ham o‘z videolarini joylashi, professional va foydalanuvchilar kontentini ajratib bo‘lmasligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari Youtube bir davlat uchun alohida infratuzilma yaratishi ehtimoldan yiroq masala.

Davlat dumasiga deputatlar Shamsail Saraliyev va Andrey Lugovoylar tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi onlayn-kinoteatrlar faoliyatiga ham bir qator cheklovlar joriy etishi mumkin.

ULASHISH