Netflix kanali o‘zining YouTube kanalida AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning yoshligi haqida hikoya qiluvchi “Barri” filmining ilk treylerini joyladi.

Filmda 1981-yilning kuzida bo‘lib o‘tgan voqealar aks etadi, o‘shanda 20 yoshli Obama Nyu-Yorkka kelib, Kolumbiya universitetida o‘qishini boshlagan edi.

Kartina premyerasi 16-dekabrga belgilangan. Bosh rolni Jeyson Mitchell ijro etgan. Filmda, shuningdek, Eshli Jadd, Anya Teylor-Joy, Jenna Elfman va Laynas Rouch qatnashgan. Kartinaga Vikram Gandi rejissorlik qilgan.

manba: Daryo.uz
ULASHISH