«Yo‘qolgan shahar” — Machu-Pikchu ink sivilizatsiyasining eng muhim siri hisoblanadi. 20 asr boshiga qadar dunyo uning mavjudligi haqida bilmas edi. Junglilar orasida qolib ketgan qadim shaharni 1911-yilda amerikalik arxeolog Xayram Bingem topgan. Bugungi kunda bu shahar Peruning sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi eng qimmat obyektidir — tarixiy obyektga kirish narxi 45 dollarni tashkil etadi. Machu-Pikchuni ko‘rish uchun har kuni ikki mingdan ortiq sayyohlar tashrif buyurishadi. «Mir 24» telekanalida namoish etiluvchi «С миру по нитке» ko‘rsatuvi boshlovchilari Viktoriya Zavoljskaya va Lyudmila Gorchakova qadim shaharga tashrif buyurishgan va inklarning sirli dunyosiga sayohat qilishgan.

ULASHISH