Yaponiyalik olimlar keksalarda yolg‘izlik sabab kelib chiqqan tushkunlikni qanday qilib yengish mumkinligini aniqladilar. Ularning fikricha, tushkunlikni bartaraf etish uchun faol hayot kechirishning o‘zi yetarli, — deb yozadi mir24.tv Journal of the American Geriatrics Societyga asoslanib.

Yaponiya tibbiyot universiteti mutaxassislari o‘nlab keksa ayol va erkaklarni kuzatdilar. Kuzatishlar natijasi shu bo‘ldiki, beva qolganlarda kundalik faollik va oddiy vazifalarni bajara olish qobilyati sezilarli darajada pasayar ekan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra juftini yo‘qotgach o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan keksalarning hayotiy faoliyat ko‘rsatkichlari, ulardan farqli ravishda yolg‘izlik bilan kurashishga kirishgan bevalarnikiga qaraganda ancha yomon.

Yolg‘izlik natijasida kelib chiqqan tushkunlik bilan kurashishga sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish, ma’daniy-ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, faol hayot kechirish yordam beradi. Bu juftini yo‘qotgan qariyalarga atrofdagilarga kerakli ekanliklarini his etish va hayotning qadriga yetishga yordam beradi.

ULASHISH