Chilining Santyago shahrida yashovchi, asli AQShning Texas shtatidan bo`lgan 61 yoshli Xari Nam Kaur Kxalsa uyiga bostirib kirgan bosqinchilarni otib o`ldirdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Xari Nam Kaur Kxalsa yotoqxonasida uxlab yotganda, to`rt erkak bostirib kirib, uni o`q otish quroli bilan qo`rqitdi. Ulardan biri ayolning qo`llarini bog`lashga harakat qildi, ammo Xari Nam uning changalidan chiqishga va yostig`i tagida turgan to`pponchani olishga muvaffaq bo`ldi. U ikki nafar bosqinchini otib o`ldirdi, yana ikki bosqinchi qo`rqqanidan qochib ketdi.

Prokuror Osvaldo Soto ayolning aybi yo`qligini, u o`zini himoya qilganini ma`lum qilib, uni ozod qildi. Ammo shahar hukumati huquq-tartibot idorasi xodimlaridan ayolni nazoratga olishni talab qilmoqda.

Xari Nam Kaur Kxalsa AQShning Texas shtatida tug`ilgan. Jang san`ati va sosiologiya bo`yicha ta`lim olgan. U jurnalistlarga hozircha bo`lib o`tgan voqea yuzasidan biror ma`lumot berish istagi yo`qligini bildirgan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH