Yik-otada Cobalt ishtirokida katta avariya yuz berdi, haydovchi halok bo‘lgani aytilmoqda

Toshkent viloyatining Yik-ota qo‘rg‘oni yaqinida Cobalt avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

cobalt-1

Hodisa 13-noyabr, yakshanba kuni 15:30 atrofida yuz bergan. Avariya aynan qanday yuz bergani, Cobalt qanday qilib nosoz ahvolga kelgani haqida aniq axborot yo‘q.

cobalt-2

Avtomobil ichida bo‘lganlarning omon qolgani haqida ham aniq axborot yo‘q. Fotoxabar muallifi haydovchi tirik qolgani haqida yozgan, biroq hodisa guvohlaridan biri oxir-oqibat haydovchining joni uzilganini yozib o‘tgan.

Mazkur hodisa yuzasidan tegishli organlar hozircha rasmiy bayonot bergan emas.

manba: Daryo.uz

ULASHISH