Aktyor Yigitali Mamajonov sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhonning ikkinchi marta oila qurishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

“Men bo‘layotgan ishlardan xursand emasman. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi. Men barcha narsa Yaratgandan deb bilaman. Demak, peshonamizga shu bitilgan ekan. Hamma narsa yaxshilikka”, — dedi Yigitali.

“Farzandlarimni hech qachon tashlab qo‘ymayman va ularni o‘zim tarbiyalashga harakat qilaman. Men ularning otasiman, ular o‘z qaramog‘imda bo‘lishini istayman”, — dedi aktyor.

“Shaxsiy hayotim va oilam haqida gapirishni yomon ko‘raman. Bu mening tabiatimga to‘g‘ri kelmaydi. Barcha intervyularimda ham bu haqda aytganman. Men muxlislardan birovning hayotiga aralashmasliklarini so‘ragan bo‘lardim”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor Yigitali Mamajonov.

Yigitali va Rayhonning to‘yi 2012-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan. 2014-yil may oyida ular egizak farzandli bo‘lgan. 2015-yil 9-yanvarida Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016-yil may oyida esa ularning nikohi rasman bekor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Oktabr oyi oxirida Rayhon ikkinchi marta oila qurishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. U 29-oktabr kuni chet elda bo‘lishi aytilgan to‘y marosimida taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqishi aytildi. Biroq keyinroq to‘y sanasi va joyi haqidagi xabarlar Farhod Alimovning o‘zi tomonidan rad etildi.

ULASHISH