Yaqin kunlarda yerliklar kuchli magnit bo‘roni bilan to‘qnashadilar. Olimlarning fikricha bu bo‘ron yilning eng kuchli bo‘roni bo‘ladi. Bu haqda xorijiy OAV ga asoslanib mir24.tv xabar berdi.

Olimlar Quyosh yuzasida vaqti-vaqti bilan paydo bo‘luvchi yirik koronar teshikni qayd etganlar. Aynan u kuchli geomagnit maydon hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bo‘ron 21-22 noyabr kunlari avjiga chiqishi mumkin.

Quyoshdagi bunday faollik yurak-bo‘g‘im kasalliklari bilan aziyat chekuvchilar va ob-havoga ta’sirchan insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yer magnit maydonida qayd etilgan eng kuchli magnit bo‘roni 1859-yilda yuz bergan, bu bo‘ron «Kerrington hodisasi” sifatida ham mashhur.

ULASHISH