Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. 18-oktabr kuni 4 ta guruhda uchrashuvlar bo‘lib o‘tgandi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“A” guruhi. 3-tur
19-oktabr, chorshanba

“PSJ” (Fransiya) — “Bazel” (Shveysariya) 3:0

Gollar: Anxel Di Mariya, 40 (1:0). Lukas, 62 (2:0). Edinson Kavani, 90+3-pen (3:0).

“Arsenal” (Angliya) — “Ludogorets” (Bolgariya) 6:0

Gollar: Aleksis Sanches, 12 (1:0). Teo Uolkott, 42 (2:0). Aleks Oksleyd-Chemberlen, 47 (3:0). Mesut O‘zil, 57 (4:0). Mesut O‘zil, 83 (5:0). Mesut O‘zil, 87 (6:0).

“B” guruhi

“Napoli” (Italiya) — “Beshiktosh” (Turkiya) 2:3

Gollar: Adriano, 13 (0:1). Dris Mertens, 30 (1:1). Abubakr, 38 (1:2). Manolo Gabbiadini, 69-pen (2:2). Abubakr, 86 (2:3).
Noaniq penalti: Lorenso Insine, 50 (N).

“Dinamo Kiyev” (Ukraina) — “Benfika” (Portugaliya) 0:2

Gollar: Salvio, 9-pen (0:1). Servi, 55 (0:2).

“C” guruhi

“Barselona” (Ispaniya) — “Manchester Siti” (Angliya) 4:0

Gollar: Lioyenl Messi, 17 (1:0). Lionel Messi, 61 (2:0). Lionel Messi, 69 (3:0). Neymar, 89 (4:0).
Noaniq penalti: Neymar, 87 (B).
Chetlatishlar: Klaudio Bravo, 53 (M). Jeremi Mate, 74 (B).

“Seltik” (Shotlandiya) — “Borussiya Myonxengladbax” (Germaniya) 0:2

Gollar: Stindl, 57 (0:1). Xan, 77 (0:2).

“D” guruhi

“Rostov” (Rossiya) — “Atletiko” (Ispaniya) 0:1

Gol: Karrasko, 62 (0:1).

“Bavariya” (Germaniya) — “PSV” (Gollandiya) 4:1

Gollar: Tomas Myuller, 13 (1:0). Joshua Kimmix, 21 (2:0). Narsing, 42 (2:1). Robert Levandovski, 59 (3:1). Ariyen Robben, 84 (4:1).

manba: Daryo.uz
ULASHISH