Yaponiyalik o’smirning Fukusima prefekturasi yaqinida 7,3 magnitudalik zilzila yuz berishidan keyinoq suratga olgan videosi mutaxassislarni xavotirga qo’ydi.

21 noyabrdan 22 noyabrga o’tar kechasi Fukusima prefekturasi ustidan osmonda noma`lum jism yorqin iz qoldirib uchib o’tgan. Daily Mirror nashri jurnalistlari ma`lumotlariga ko’ra, noma`lum uchar jism katta meteorit bo’lgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarning ba`zi foydalanuvchilari bu noma`lum jism bilan go’yoki Shimoliy Koreya yoki Xitoy tomonidan maxfiy gipertovushli qurolning sinalishi o’rtasida aloqa borligini ta`kidlashmoqda.

Hozircha Yaponiyaning kompetent idoralaridan bunga hech qanday izoh berilmagan.

manba: Kun.uz

ULASHISH