Yaponiyaning kichik shahri bo’lmish Kamikatsuda chiqindidan to’liq ekologik bar qurildi.

Ishlab chiqilgan dizayn arxitektor Xiroshi Nakamuraga tegishli. NAP nafaqat eng yaxshi ekologik bino sifatida, balki to’liq chiqindidan qurilgani uchun WAN Sustainable Buildings Award 2016 mukofotiga loyiq ko’rildi. Bu shaharning rivojlantirish konsepsiyasiga to’g’ri keladi. Unga ko’ra, bir necha yillardan so’ng shahardagi chiqindilar qayta ishlanishi zarur. Ayni damda Kamikatsuda bu holat 80 foizni tashkil etmoqda.

Binoda bardan tashqari, turar-joy xonalari ham mavjud. Ularning har birida qayta ishlangan buyum namunalarini uchratish mumkin.

manba: Kun.uz

ULASHISH