Yaponiyaning All Nippon Airways aviakompaniyasi samolyoti Xonsyu orolidagi o‘zi parvoz qilgan aeroportga shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Layner Ivakuni shahridan Tokioning Xaneda aeroportiga yo‘l olishi ko‘zda tutilgandi. Biroq ko‘tarilish chog‘ida Airbus A320 qushlar galasi bilan to‘qnashdi va kapitan qaytib qo‘nishga ruxsat so‘radi. Tekshiruv havo kemasining ikki dvigateli ham shikastlanganini ko‘rsatdi.

Samolyot bortida 140 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan hech kim jabrlanmadi va keyinroq boshqa laynerda manziliga yetkazildi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH