Yaponiyada yuk mashinasi, avtobus va engil avtomashina to`qnashuvi oqibatida sodir bo`lgan YTHda 11 nafar bola jabrlandi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Yo`l-transport hodisasi Yaponiyaning Iokogame shahrida bugun, 28 oktyabr kuni sodir bo`ldi. Engil mashina yuk mashinasiga va avtobusga, keyin yo`l chetidan qator bo`lib saf tortib ketayotgan o`quvchilar to`dasiga urilgan. Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri o`ta og`ir ahvolda ekanligi ma`lum bo`ldi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH