30 oktabr kuni feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhida Shavkat Qobilov ismli a`zo Toyota rusumli mashinaning traktor bilan to’qnashish oqibatida avtohalokatga uchragani tasvirlangan suratlarni joylashtirgan.  Taxminan 15:00 atrofida Gulbahor shahri 34-mavze yaqinida yo’l-transport hodisasiga uchragan mashina mamlakatimizdagi xorijiy diplomatik vakillardan biriga tegishli ekanligi aniqlandi. Guvohlarning ma`lum qilishicha, katta tezlikda ketayotgan Toyota mashinasini traktor urib yuborgan. Mashinada odamlar, jumladan,  10-12 yosh atrofidagi bola ham bo’lgan. Jabrlanganlarga boshqa mashinadagi kishilar yordam berib, kasalxonaga yetkazishgan.

Ayrim foydalanuvchilar ushbu halokatda traktor haydovchisini ayblamoqda. Ba`zilar esa ushbu mavzeda ko’plab YTH sodir bo’lishi va voqeaga Toyota’ning katta tezlikda harakatlangani sabab bo’lganini qayd etmoqda.

manba: Kun.uz

ULASHISH