Yangi yil makiyaji: o‘zingizga mosini tanlang

Yangi yilga ham kam vaqt qoldi, demak ayollar bayram obrazi haqida hozirdan bosh qotirishi mumkin. Yuzingiz bayram kechasida makiyaj surishga tayyor bo‘lishi uchun uni oldindan niqob va pilinglar yordamida tozalash yaxshi natija beradi. Agar o‘z obrazingizni go‘zallik salonida yaratmoqchi bo‘lsangiz, sinovdan o‘tgan sartaroshning qabuliga oldindan yozilib qo‘ying. Odatda bayram arafasida sartarosh va vizajistlarning ish kuni juda tig‘iz bo‘ladi.

%d1%82%d0%b5%d0%bd%d0%b81

 

O‘z kuchingizga tayanasizmi? Unda albatta qanday ko‘rinishda bo‘lishingizni oldindan aniqlab oling va makiyaj uchun barcha zarur buyumlar — podvodka, ten kabilarni xarid qiling.

Undan keyin yuzingizning qaysi qismiga: ko‘z yoki lablarga urg‘u bermoqchi ekanligingizni aniqlab oling. Ulardan birida to‘xtaling: chunki haddan ortiq yorqin ranglar kishilarning g‘ashini keltirishi mumkin.

%d1%82%d0%b5%d0%bd%d0%b82-599x600

 

Agar bayram oqshomida lablaringizga urg‘u bermoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda ularga oziqlantiruvchi balzam suring. Keyin ularni salfetka bilan namlab, lab bo‘yog‘i rangidagi qalam bilan kontur chizing.

Bu yo‘l bilan ularga joziba bag‘ishlab, rangning uzoqroq turishini ta’minlaysiz. Va nihoyat, lab bo‘yog‘ini maxsus cho‘tka bilan konturdan boshlab markazga qarab suring.

%d1%82%d0%b5%d0%bd%d0%b83-600x600

 

Ko‘zlarga urg‘u berish yuzga yanada ko‘proq ifoda bag‘ishlovchi, biroq biroz murakkab makiyaj hisoblanadi. Dastlab ko‘z atrofidagi terini ideal holatga keltirish kerak. Buning uchun maxsus niqoblar yoki namlantiruvchi vositadan foydalanish mumkin.

Shundan so‘ng tanlagan variantingizdan kelib chiqib, ko‘zning tashqi burchagiga chiziq tortamiz (strelka). Keyin ten suramiz — yuqori qovoqning o‘rta qismiga ochiqroq, uning tashqi qismiga to‘qroq.

Ko‘zlarning ichki burchaklarini ochiq rangdagi ten bilan ajratamiz. Ten ideal darajada surilganiga ishonchingiz komil bo‘lgandan keyingina kipriklarga tush surish mumkin.

%d1%82%d0%b5%d0%bd%d0%b84-496x600

 

Makiyajning oxirgi bosqichida labingizga urg‘u bermoqchi bo‘lsangiz, ularga biroz yaltiroq zarralar suring. Agar butun e’tiborni ko‘zlaringizga qaratmoqchi bo‘lsangiz, yaltiroq tenlardan foydalaning. Ular yordamida Yangi yil obrazingiz betakror bo‘ladi!

manba: Daryo.uz

ULASHISH