Eng sevimli bayramlarimizdan biri – Yangi yilga ham oz qoldi. Shu sababli, bayram dasturxoni uchun tayyorlanadigan taomlardan tashqari, dasturxonni qanday tuzashni ham o‘ylashimizga to‘g‘ri keladi.

Ketayotgan yilning tugashi, sizda ham, mehmonlarda ham yoqimli xotira qoldirishi uchun bayram dasturxoni yuqori darajada yorqin, charaqlagan, jonli va quvnoq bezatilishi lozim.

Yangi 2017-yilning yorqin trendi – dasturxonni tabiiy materiallar yordamida bezash. Tabiiy matoli dasturxon va salfetkalardan foydalaning, mayda-chuyda sifatida o‘simliklardan foydalaning va xullas, tabiiylikka urg‘u beruvchi muhit yarating.

Dasturxonning oq yoki qizil ranglisini tanlash mumkin, salfetkalarning esa ko‘zga tashlanib turishi uchun, dasturxon rangidan boshqacha ranglisini tanlagan ma’qul.

Yangi yil dasturxoni – har xil kattalikdagi va turli ( masalan, qorbobo, qorqiz va archa o‘yinchoqlari kabi) shakldagi shamlardan foydalanish uchun juda qulay imkoniyat.

Bayram dasturxoniga bayramona ruh berish maqsadida, boshqacha idishlar, masalan, katta barg shaklidagi va qish fasliga yoki yangi yilga oid rasmli likoplar ishlatish mumkin. Tropik mevalar dasturxon ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Faqat gulli emas, balki shaffof idishlar ham ishlatish mumkin. Har qanday idishlar uchun ham tillarang ovqatlanish anjomlari mos tushaveradi.

Bayram dasturxonini siz qanday bezatasiz?

manba: Daryo.uz

ULASHISH