Yangi yil archasi uchun o‘yinchoqlarini qo‘lda yasaymiz

Yangi yil archasini sotib olingan shar va marjonlar bilan bezatishdan oson ish yo‘q. Biroq agar o‘ziga xos va takrorlanmas nimadir yaratmoqchi bo‘lsangiz, bayram bezaklarini qo‘lda yarating.

%d1%88%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d0%b8%d0%b7-%d0%bb%d0%b0%d0%bc%d0%bf%d0%be%d1%87%d0%b5%d0%ba

Qolaversa, buning uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi hamda bu dam olish kunlari siz va farzandlaringiz uchun ayojib ermak bo‘la oladi.

Kuyib qolgan lampochkadan archa uchun o‘yinchoq yasash mumkin. Buning uchun ularni qog‘oz yoki mato bilan bezatish kifoya. Ularni yanada yorqinroq bezatish uchun bo‘yoqlar, cho‘tka, qotiruvchi lak, zarlar, tasma va tugmalar ham asqotadi.

Archaning oddiy sharlarini eski gazetalar yordamida bezatish mumkin. Shuningdek, kartondan qirqilgan yorqin archachalar, qog‘ozdan tayyorlangan qor parchalari va tizmalari ham archani yaxshigina bezata oladi.

%d1%83%d0%ba%d1%80%d0%b0%d1%88%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%b8%d0%b7-%d0%b3%d0%b0%d0%b7%d0%b5%d1%82

Gugurt qutisining ichiga kichkina sovg‘alarni joylashtirish mumkin. Shuningdek, archa sharlarini yorqin mato parchasi bilan o‘rab, uni turli tasma yoki bezaklar bilan qotirish mumkin.

Matolarning afzal jihati shundaki, ularning yordamida istalgan shakldagi o‘yinchoqlarni tikish mumkin. Yorqin yo‘l-yo‘l yoki katak-katak archalar, to‘rdan yasalgan katta yurak va qo‘ng‘iroqchalar ajoyib ko‘rinish kasb etadi.

Yaltiroq toshchalar bezaklar uchun mo‘ljallangan do‘konlarda sotiladi. Shunday toshchalar va superyelim yordamida archa, qor parchalari, aylana yoki yarim oy shaklidagi bezaklarni yasash mumkin. Ularning yordamida Yangi yil otkritkalarini ham bezatish mumkin.

%d1%81%d0%be%d0%b2%d1%8b-%d0%b8%d0%b7-%d1%82%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b8

Yana bir oddiy usul — sharchaga yelim surib, ustidan zar sochamiz. Bayram archasi uchun ko‘rkam o‘yinchoq tayyor!

manba: Daryo.uz

ULASHISH