Yaponiyaning Yamaha konserni 2017-yilda birinchi seriyali sportkarini ishlab chiqaradi. Bu haqda, kompaniya vakillarining bayonotiga asoslanib, “Korrespondent.net” ma’lum qildi.

Yangi avtomobil konsepti hali keng jamoatchilikka taqdim etilmadi, ammo kompaniya vakillari uning ayrim tavsiflari bilan o‘rtoqlashdi. Uning tashqi ko‘rinishi Mazda Miata’dan olinadi; avtomobilni tayyorlashda faqat yengillashtirilgan metall turlaridan foydalaniladi, shu bois uning og‘irligi 750 kilogrammdan oshmaydi.

Transmissiya, mashinaning modifikatsiyasiga qarab, uch xil variantda taqdim etiladi. Salon uchun xavfsiz tabiiy materiallar ishlatiladi.

Yamaha hech qachon to‘laqonli mashinalar seriyasini ishlab chiqarmagan. 2015-yilda Sports Concept modeli konsepti namoyish etilgan edi, ammo uning tashqi ko‘rinishi tanqidga uchragani bois ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH