Alkogol bilan savdo qilishga ruxsatni endi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin. Bu haqda Norma xabar bermoqda

Xizmat Toshkent shahridagi jamoat ovqatlanish tashkilotlari uchun mo‘ljallangan. Litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi yangi xizmat ijrochilari poytaxtning tuman hokimliklari hisoblanadi. Mazkur xizmatdan faqat yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

Talabgor alkogol mahsulotlari sotishga ruxsat etuvchi guvohnoma berilgani haqida tegishli tartibda ogohlantiriladi. Xizmat ko‘rsatish muddati 15 kundan iborat.

ULASHISH