Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimov nikohdan o‘tdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.

Ular qachon nikohdan o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.

Sayt axborotiga ko‘ra, nikohdan o‘tilgani munosabati bilan, Alimov va G‘aniyevlar oilasi 5-noyabr kuni amru-ma’ruf sifatida osh beradi.

Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimov oila qurishi mumkinligi haqidagi xabarlar oktabr oxirida paydo bo‘lgan, ularning to‘yi 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi aytilgan edi.

Biroq keyinroq Farhod Alimov bayonot bilan chiqib, Rayhon bilan dardi bir ekani, munosabatlari jiddiy ekanini tasdiqlagan, biroq to‘y sanasi va joyi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.

ULASHISH