Rossiyalik xonanda bundan bir oy ilgari qiz farzandli bo`lganiga qaramay, u va turmush o`rtog`i, xokkeychi Ivan Teleginlar bu voqeani ommadan yashirdi, deb xabar berdi “Onedio.ru” nashri.

Pelagiya homiladorligini yashirish maqsadida bor bo`yi bilan suratga tushishdan qochgan. Bu voqeaga Pelageyaning o`zi ham, agenti vazifasini bajaruvchi onasi ham izoh berishni istamadi. Qizaloqning ismi ham oshkor etilmagan. OAVlarga faqatgina Pelagiya va uning farzandi tug`ruqxonadan chiqib, uydaligi ma`lum bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, 29 yoshli xonanda Pelagiya Xanova va xokkeychi 24 yoshli Ivan Teleginlar 2016 yilning iyun oyida turmush qurishgan va bu to`y jamoatchilikdan sir tutilgan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH