Xonanda Munisa Rizayeva singlisi Karima ba’zida “xira pashsha va tulkidek ayyor”, ba’zan “zebo va juda dilbar” bo‘lishini ma’lum qildi

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida singlisi Karimova haqida post qoldirdi.

“Ba’zida menga singlim bilan biz xuddi it va mushukdek, bir-birimiz juda farqlidek tuyuladi, biroq oilaviy sokin oqshomlarda u bilan bir butun ekanimni his qilaman”, — deb yozadi Munisa Rizayeva.

14561887_1665805746991902_4779043778507833344_n-480x600

“Singlim ba’zan tajang, vaysaqi zirapcha, xira pashsha va tulkidek ayyor bo‘lishi, boshqa vaqt esa zebo, quvnoq, mo‘jizavor, go‘zal, juda mehribon va dilbar bo‘lishi mumkin”, — deb yozdi xonanda.

“Bularning bari — qachon qanday holatda bo‘lishi — albatta, mening kayfiyatimga bog‘liq. Seni yaxshi ko‘raman, Karima!”, — deya qo‘shimcha qilgan Munisa Rizayeva.

Xonanda Instagram’dagi sahifasida singlisi va otasi bilan birga tushgan suratini ham e’lon qilgan.

munisa-1-1-680x452

Bir necha kun avval Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasi orqali onasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan edi.

munisa-3

manba: Daryo.uz

 

ULASHISH