Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasi orqali 21—23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan yakkaxon konsert dasturi taassurotlari va lavhalari bilan o‘rtoqlashishni davom ettirmoqda.

Konsertda Olimpiada chempioni, bokschi Hasanboy Do‘stmatovning ham sahnada chiqish qilgani shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Xonanda kuni kecha konsertning aynan shu lahzasidan video e’lon qildi.

“Haqiqiy shouda hammasi haqqoniy bo‘lishi kerak! Meni Olimpiya o‘yinlari chempioni, Riodagi Olimpiadaning eng yaxshi bokschisi, O‘zbekiston iftixori Hasanboy Do‘stmatov va oq ritsar, ayollarni o‘ziga maftun etuvchi hamkasbim Shahriyor qo‘llab-quvvatladi!”, — deb yozdi Lola.

“Hammasi juda ham zo‘r bo‘ldi! Rahmat sizlarga!”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola.

manba: Daryo.uz

ULASHISH