Xonanda Lola nima uchun yomg‘ir ostida baqirib yig‘layapti? “Bilmaysan!”

Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida yomg‘irli havoda, tiz cho‘kib, baqirib yig‘layotgani aks etgan suratni e’lon qildi. Surat ostida esa shunday izoh yozib qoldirdi:

“Bolalarim mendan: ‘Oyi, nega yerda o‘tiribsiz, sizga nima bo‘ldi?’, deb so‘radi. Men: ‘Bu qalb faryodi deyiladi, bolalarim’, deb javob berdim. Ketidan: ‘Nima u qalb?’, degan savol yangradi. Shunda so‘z topishga qiynaldim”.

lola-1-680x509

Avvalroq Lola o‘zining yangi “Bilmaysan” nomli qo‘shig‘i uchun klip oldirayotgani, bu lavha esa o‘sha klipdan parcha ekanini ham ma’lum qilgan edi.

lola-2-680x519

Klip uchun asos bo‘lgan qo‘shiq taqdimoti 7-noyabr kuni radiostansiyalar orqali bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH