Xonanda Lola konsertining ilk kunida 50 foiz qo‘shig‘ini jonli ijroda kuyladi va “Otmay tong”i bilan hayron qoldirdi

Xonanda Lolaning 21-noyabr kuni start olgan konsert dasturini mehmon sifatida kuzatib borgan “Darakchi” gazetasi, undagi voqealarga batafsil to‘xtalishga harakat qildi.

lola_2

Belgilangan vaqtdan yarim soat kechroq boshlangan dasturni Lola “Endi yo‘q” qo‘shig‘i bilan ochib bergan. Xoreograf Tatyana Kruglova sahnalashtirgan raqslar Lolaning har bir qo‘shig‘i mazmunidan kelib chiqqani va uning ruhiy holatiga mos tushgani aytib o‘tilgan.

Lola konsert dasturidan o‘rin olgan qo‘shiqlarining teng yarmini jonli ijroda kuylagan. Shu kuni “Istiqlol”ga tashrif buyurganlar “Senga”, “Orzu”, “Sevgimsan”, “Yig‘lar osmon”, “Ko‘nikmadim”, “Qaytmaydi”, “Sog‘inch”, “Xayr”, “Xabar ol”, “Sog‘indim”, “Bilmaysan” kabi qo‘shiqlardan bahramand bo‘lgan.

lola_3

Konsertda kuylangan yagona yangi qo‘shiq “Otmagan tong” bo‘lib, Lola milliy qo‘shiqlarni ham mahorat bilan ijro eta olishini isbotlagan. Qo‘shiqdan avval vatan haqidagi fikrlari va kechinmalari haqida hikoya qilgan.

ULASHISH