Xitoylik kaskadyor Xanyu Yue Germaniyadagi Nyurburgring trassasini mashinaning ikki g’ildiragida bir marta to’liq aylanib chiqib, trassa rekordini o’rnatdi. Ushbu rekord zayezdning onlayn-translyatsiyasiga 200 mingga yaqin tomoshabin ulandi, u nemis trassasining YouTube-kanalida olib borildi

Ushbu rekord natija kuchaytirilgan konstruksiyali g’ildiraklar va yo’ltanlamas pokrishkalar ko’rinishida maxsus ishlangan MINI xetchbekida o’rnatildi. Xitoylikka trassani o’rtacha 28 km/soat tezlik bilan bosib o’tish uchun 45 daqiqa talab etildi.

Yuening aytishicha, agar orqa g’ildirak soz holatda bo’lganda u trassani ancha tezroq o’tishi ham mumkin edi. Nosozlik oqibatida mashina 20 km/soatdan yuqoriroq tezlikda titray boshlagan. Xitoylikning aytishicha, u yo’lning chorak qismini bosib o’tgach, chap yelkasida kuchli yuklamalar sababli keskin og’riq seza boshlagan.

Oktyabr oxirida finlyandiyalik kaskadyor Vesa Kimivyaki avtomobilning ikki g’ildiragida eng tez yurish bo’yicha jahon rekordini o’rnatgandi: u BMW 3-Series kupesida soatiga 186,269 km tezlikkacha tezlasha olgan.

manba: Kun.uz

ULASHISH