Xitoyning Xebey provinsiyasida istiqomat qiluvchi Chjan Szimin ovqat yeyish uchun mo‘ljallangan 15 ming tayoqchadan qadimiy ibodatxonaning kichik ko‘rinishini yasadi. Uning san’at asari aks etgan videolavha YouTube’dagi New China TV kanaligyuklandi.

Xitoylik ustaga ijodi namunasini to‘liq yakunlashi uchun 4,5 yil vaqt kerak bo‘ldi. Videolavhada keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Chjan Szimin o‘z ishida yelim yoki yog‘och bilan ishlatiladigan lokdan foydalanmagan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH