Xitoyning Szyansi provinsiyasida magot turiga mansub maymun bolasi echkilar bilan do‘stlashib oldi. Buni aks etuvchi videoyozuv CCTV News’ning YouTube’dagi kanalidjoylashtirildi.

Rolikka berilgan izohdan ma’lum bo‘lishicha, fermer Chjun Shu maymunni echkilarga qarash bilan band bo‘lganda topib olgan.

“Maymun bolasi echkilar bilan to‘rt—besh kundan beri birga, har kuni navbati bilan ularning ustiga chiqib oladi. Bananlar bilan boqishga harakat qildim, biroq maymun echkilarning juniga mahkam yopishib olgan”, — deydi fermer.

Mahalliy hayvonlarni himoya qilish xizmati maymun bolasini muhofazaga olish va Ichun shahri hayvonot bog‘iga ko‘chirib o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

manba: Daryo.uz

ULASHISH