8-noyabr ertalabki soatlarida Xitoyda yangi “kuylovchi” yo‘l sinovdan o‘tkazildi. Trassaning 300 metrlik qismida avtomobil 35–40 kilometr/soat tezlik bilan yursa, g‘ildiraklar yo‘l qoplamasidan musiqa sadolarini chiqaradi, deb ma’lum qiladi TJournal.

Buning uchun yo‘l qoplamasida kichik ariqchalar hosil qilingan bo‘lib, g‘ildiraklar ularga ishqalanishi natijasida yo‘lning shu qismidan o‘tish chog‘ida “Vatanga qasida” kuyining 30 sekundlik parchasi yangraydi.

ULASHISH