Xitoyda 712 kilometrni tashkil etuvchi dunyodagi eng uzun va himoyalangan kvant aloqasi liniyasi ishga tushirildi. Uni yotqizishga 3 yil ketdi, liniya 11 ta oraliqdagi bekatlardan iborat. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Bekat Sharqiy Xitoydagi Anxoy provinsiyasi ma’muriy markazi Xefey shahrini Shanxay bilan bog‘laydi. Liniya Pekin va Shanxay o‘rtasidagi qurilishi shu yil oxirida yakunlanadigan kvant aloqasi magistralining tarmoqlaridan biri bo‘lishi bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, elektron xabarlar kvant kriptografiyasi talablari asosida kodlashtirilgan va tarmoq orqali uzatilgan taqdirda, ularga noqonuniy ulanish hamda mazkur ma’lumotni o‘qishga bo‘lgan har qanday urinish uning o‘zgarishiga olib keladi. Natijada noqonuniy qo‘lga kiritilgan xabarni o‘qish mumkin bo‘lmaydi, aloqa kanalidagi shovqindan esa liniya huquqbuzarlar hujumiga duch kelganini anglash mumkin.

manba: Daryo.uz

ULASHISH