Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidan 49 ta yer osti o‘ralari topildi. Ular orasida 17 ta katta va bir gigant o‘ra ham bor. Ekspertlar bu o‘ralar bunday geologik tuzilmalardan tashkil topgan, dunyodagi eng katta klaster ekanligini taxmin qilishmoqda. Voronkalar tasvirlangan video internet tarmog‘iga joylandi, — deya xabar beradi lenta.ru.

Chuqurliklar shimoliy 32 va 33 gradusdagi kenglikda joylashgan va 600 kvadrat metr hududni egallagan. Eng katta o‘raning diametri 520 metr bo‘lib, uning chuqurligi 320 metrga teng.

Besh ming kvadrat kilometr hududni monitoringdan o‘tkazgan olimlar ushbu tabiiy chuqurliklar guruhini topishga muvaffaq bo‘ldilar. Tadqiqod davomida geologlar yana 50 ta tabiiy g‘orlarni topdilar.

Bunday yer chuqurliklari yer eroziyasi tufayli paydo bo‘ladi. Ularning shakllanishiga 500 yilgacha vaqt ketishi mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 130ga yaqin shunday geologik tuzilmalar aniqlangan.

ULASHISH