YouTube-kanalida bir to`da yoshlarning Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida qora tanli ayolni tahqirlayotgani aks etgan videorolik paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.  

Videorolik muallifining ma`lumot berishicha, Demokratik partiya tomonidan AQSh prezidentligiga nomzodi ko`rsatilgan Xillari Klintonning tarafdorlari Donald Trampni tashviqot qilgani uchun qora tanli ayoldan norozi bo`lib, uni turli so`zlar bilan haqoratlab, tahqirlashgan. Ular ayolning qo`lidan Trampga ovoz berishga undalgan chaqiriq yozilgan plakatni tortib olish uchun turtib, yiqitishgan. Oqibatda ayol Morgan Frimanning yulduzi ustiga qulagan. Faollardan biri unga engashib, “bu erdan qorangni o`chir, deb ogohlantirgandim-ku”, deb murojaat qilgan.

Rolikni tomosha qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayolni himoya qilgan. Foydalanuvchilarning ba`zilari yoshlar ichida turli irqqa mansub kishilar bo`lishiga qaramay, ularni “Axmoq terrorchilar, millatchilar!” deb atagan.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH