Xillari Klinton tug`ilgan kunini samolyot bortida nishonladi, u 69 yoshga to`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Xillari Klinton tug`ilgan kunini ko`tarinki kayfiyatda nishonlab, jurnalistlarni tort bilan mehmon qildi va kelgusi rejalari bilan o`rtoqlashdi. Uning aytishicha, kayfiyati juda ham a`lo, kelgusi haftada hali nomzodlar haqida biror qarorga kelmagan ikki shtatga borishni rejalashtirgan.

AQShda prezident saylovi 8 noyabrda bo`lib o`tadi, muddatdan ilgari ovoz berish ishlari boshlangan. Hozircha ovozlar soni jihatdan Xillari Klinton peshqadamlik qilmoqda.

Xillari Klintonni turmush o`rtog`i, AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton tug`ilgan kuni bilan Twitter da shunday deb tabriklagan: “Xillari, tug`ilgan kuning muborak bo`lsin! Seni har doim juda hurmat qilganman, ardoqlayman!”.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH